
«O‘lik odamning maktublari» (Sobiq ittifoq, 1986) filmida yadroviy urush tugaganidan sal o‘tib, noma’lum shaharda yuz bergan voqealar hikoya qilinadi. Nobel mukofoti sohibi, olim Larsen tarixiy muzey yerto‘lasida yashirinib, yadroviy hujumdan omon qoladi.
Yerto‘lada Larsen bilan birga uning xotini hamda yadroviy qiyomatdan omon qolgan ayrim odamlar yashaydi. Hammasi azobda, yaqinlaridan judo bo‘lishgan. Insoniyat nega o‘zini o‘zi yo‘q qilishgacha yetib bordi? Larsenni shu savol qiynaydi. O‘zini ovutish maqsadida o‘g‘li Erikka xatlar yozishni boshlaydi, holbuki, uning tirikligi dargumon...

«O‘lik odamning maktublari» filmidan kadr. Rolan Bikov — Larsen rolida.
Filmda ikkita baland minora yaqinidagi portlash sahnasi bor: ular Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak minoralarga o‘xshab ketadi, kamiga, sal avval ko‘rsatilgan shaharning sohilbo‘yi manzarasi ham Nyu-Yorkni eslatadi.

Nyu-York, 2001 yil 11 sentabr
Oradan roppa-rosa 15 yil o‘tib Nyu-Yorkdagi minoralar chindan ham portlab yer bilan bitta bo‘ldi. 2001 yilning 11 sentabrida — 21 yil muqaddam. Terrorchilar qo‘lga olgan samolyotlar minoralarga borib urilgan.
Yuqoridagi filmning premerasi Chernobil AES dagi avariya bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qoldi. Ko‘pchilikni shokka solgan tasodif bo‘lgandi. «O‘lik odamning maktublari» — yadroviy nizo oqibatlari haqidagi eng realistik film.

Chernobil AES, 1986 yil 26 aprel
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar