
Charlz III Antigua va Barbuda qiroli etib tasdiqlanganidan bir necha daqiqa o‘tgach, Antigua va Barbuda bosh vaziri Gaston Braun ITV News telekanaliga uch yil ichida mamlakatda respublika e’lon qilish bo‘yicha referendum o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.
Poytaxt Sent-Jondagi Hukumat uyida bo‘lib o‘tgan marosimida rasmiy shaxslar o‘zlarining yangi qirollari maqomini tasdiqlovchi deklaratsiyani imzoladilar.
Ammo bosh vazir Gaston Braun monarxiyani almashtirish istagini va respublika bo‘lishga intilishini yashirmadi.
«Bu xalq hal qilishi uchun referendumga olib chiqilishi kerak bo‘lgan masala. Bu qirolga nisbatan hurmatsizlikning hech qanday shaklini ifodalamaydi. Bu dushmanlik harakati yoki Antigua va Barbuda va monarxiya o‘rtasidagi farq ham emas.
Bu mustaqillikka intilish davrasini yakunlash, chinakam suveren davlatga aylanish yo‘lidagi so‘nggi qadamdir», – deydi Braun.
Qirolicha Yelizaveta II o‘z hukmronligi davrida Antiguaga uch marta borgan. Eng so‘nggi tashrif 1985 yilda bo‘lgan. Shahzoda Charlz ham uning izidan borib besh yil avval mamlakatda sodir bo‘lgan ikki halokatli bo‘rondan keyin kelgan.
Ma’lumot uchun, Gaston Braunning kelasi yili qayta saylanishi kutilmoqda va agar u saylansa, o‘zining keyingi vakolat muddati ichida referendumni e’lon qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar