13:46 / 13.09.2022
1 765

Pentagon: Xarkov viloyatidagi rus qo‘shinlarining aksariyati o‘z hududiga chekindi

Pentagon: Xarkov viloyatidagi rus qo‘shinlarining aksariyati o‘z hududiga chekindi
«Xarkov viloyatidan chekingan rus qo‘shinlarining aksariyati chegarani kesib o‘tgan va Rossiya hududida joylashgan». Bu haqda Pentagonning yuqori lavozimli amaldori CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina janubi va sharqidagi yerlarni ozod qilish uchun kurashda muvaffaqiyatga erishmoqda.

«Bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, Xarkov yaqinida Rossiya qo‘shinlari o‘zlarining bosib olgan hududlarini ukrainaliklarga topshirib, shimol va sharqqa chekinishgan. Ularning ko‘pchiligi Rossiya bilan chegarani kesib o‘tgan», — degan u.

Pentagon so‘zlovchisiga ko‘ra, Rossiya hozirda Donetsk viloyatidagi Severskdan Baxmutgacha bo‘lgan frontda jamlangan.

«Baxmut Rossiya kuchlari o‘z qo‘llarida tutib turishga harakat qilayotgan markaz bo‘lib qolmoqda. Biz artilleriya va havo hujumlari intensiv bo‘layotganiga guvoh bo‘lyapmiz», — deb qo‘shimcha qilgan Pentagon rasmiysi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo