2 074
Ukrainadagi urushning 203-kuni: Izyumda asir olingan askar va o‘lja qilingan snaryadlar (foto)

Ukrainadagi urushning 203-kuni. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ozod etilgan Izyumga keldi va Qrim va istilo ostidagi boshqa hududlar ham Ukraina tarkibiga qaytarilishini ma’lum qildi.
- Ukraina vitse-premeri Olga Stefanishina so‘nggi kunlarda Rossiya Kiyevga tinchlik muzokaralariga qaytishni taklif qilishga urinayotganini aytdi.
- Reuters agentligiga ko‘ra, Kremlning Ukraina masalalari bo‘yicha kuratori Dmitriy Kozak urushning ilk kunlarida Ukraina bilan NATOga kirishdan bosh tortishi bo‘yicha kelishgan, ammo Putin bunday kelishuvga rozi bo‘lmagan va bosqinni davom ettirgan.
- Rossiyalik harbiylar Ukrainada Eron dronlarini qo‘llashni boshlagan: 13 sentabr kuni Kupyansk yaqinida shunday dronlardan biri urib tushirilgan.
- Rossiya armiyasi tashlab ketgan hududlar aholisiga Ukraina tomonidan gumanitar yordam yetkazib berilmoqda. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarga ko‘ra, Xarkiv oblastida shunday aholi manzillari soni 300 dan ortadi.
- Le Monde ozod etilgan Izyumdan ilk tasvirlarni e’lon qildi — ularda halok bo‘lgan rossiyalik askarlar, shuningdek asir tushgan harbiyni ko‘rish mumkin.

Izyumda rossiyalik asir tushgan askar tankda ukrain askarlari bilan. Izyum — Xarkiv oblastida Ukraina qurolli kuchlarining muvaffaqiyatli qarshi hujumida ozod etilgan shaharlardan biri. Fotosuratlar 11 sentabrda olingan, ammo ilk bor 14 sentabr kuni Le Monde nashrida e’lon qilindi.
Laurent Van der Stockt / Le Monde / Getty Images

Izyum yo‘lida qolgan rossiyalik askar jasadi
Laurent Van der Stockt / Le Monde / Getty Images

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Izyumda. «Bizning davlatimiz hududini vaqtincha bosib olish mumkin. Ammo ukrain odamlarini egallab olish imkonsiz. Miyalarni yuvish mumkin, ammo bu ishni ukrainlar yuragi bilan qilib bo‘lmaydi», — deya yozgan Zelenskiy shaharga tashrifidan keyin o‘z telegram-kanalida.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Izyum atrofidagi maydonda rossiyaliklarning yonib ketgan MT-LB zirhli transportyori.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy Izyum yaqinida qo‘lga kiritilgan rossiyaliklarning artilleriya snaryadlarini ko‘zdan kechirmoqda.
Iryna Rybakova / 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainalik askar Xarkiv oblastidagi Kupyansk shahri hududida rossiyalik harbiylar paykasini (yo‘l uchun yegulik) tekshirib ko‘rmoqda.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Izyum atrofida Rossiya qo‘shini tomonidan tashlab ketilgan snaryad solingan qutilar.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Izyum yaqinidagi tepalikda mobil operator to‘lqinini qidirayotgan odamlar. Devorda shunday yozilgan: «Nijniy Novgorod, Goroxoves, Z». Goroxoves — Rossiyaning Vladimirsk oblastidagi shahar.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

O‘tgan haftada Balakliyadagi nazorat-o‘tkazish punktida o‘ldirilgan Petro Shepelning onasi Valentina Shepel o‘g‘lining jasadi ustida yig‘lamoqda. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, taksichilik bilan shug‘ullangan Petro Balakliya ozod etilishidan bir kun oldin rossiyaliklar blokpostida o‘ldirilgan.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Ukraina nazoratiga qaytgan Verbovka qishlog‘i aholisi gumanitar yordam olishga yig‘ilmoqda.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Ukrain harbiylari Xarkiv oblastining Kupyansk shahriga kirishda yo‘l yoqasiga o‘rnatilgan belgida ukrain milliy bayrog‘ini tuzatishmoqda.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar