Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti chog‘ida aytilgan jahon sahnasida birlashgan front to‘g‘risidagi bayonoti Qo‘shma Shtatlarda xavotir uyg‘otdi. Bu haqda “The Washington Times” gazetasi uchun Bill Gers yozgan.
“Si Szinpin va Putin xalqaro demokratiya va suverenitetga tahdid soluvchi yangi dunyo tartibini yaratishga harakat qilmoqda”, degan AQSH senatori Marshi Blekbern. Gazeta uning shu so‘zlarini keltirgan.
Maqolada qayd etilishicha, harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi kapitani va Tinch okean flotining razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jim Fannell ikki yetakchi o‘rtasidagi uchrashuv Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi strategik ittifoq kuchayib borayotganini ko‘rsatganini ta’kidlagan, bu esa G‘arb uchun yaxshilik keltirmasligi aytilgan.
“Muhim strategik ta’sir shundan iboratki, yangi alyans AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi ikki frontda qarama-qarshilik ko‘rsatish yoki urush va’da qiladi”, deyiladi nashrda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har qanday darajadagi amerikalik rahbarlar “bir vaqtning o‘zida ikkita teatrda” urush olib borishlari uchun “sovuq urush” standartiga qaytish vaqti keldi.
Payshanba kuni Samarqandda SHHT sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Rossiya rahbari G‘arbning bir qutbli dunyo yaratishga bo‘lgan urinishlarini tanqid qildi. Uning xitoylik hamkasbi Pekin Moskva bilan birgalikda mas’uliyatli jahon davlati namunasini ko‘rsatishga va dunyoni barqaror va ijobiy rivojlanish yo‘liga olib chiqishga tayyorligini ta’kidladi.
Putin1, Si Szinpin1, AQSH1, Xavotir1, Bayonot1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi