13:00 / 18.09.2022
7 098

AQSHga ulkan falokat xavf solayotgani bashorat qilindi

AQSHga ulkan falokat xavf solayotgani bashorat qilindi
AQSHning The Washington Post gazetasi muxbiri Sheril Chumli (Cheryl Chumley) Qo‘shma Shtatlarga yirik falokat xavf solayotganini ma’lum qildi.

Jurnalistga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ham saylovoldi kampaniyasida, ham Oq uy minbaridan turib mamlakatni kuchli birlashtirishga va’da bergan, biroq uning va’dalari hali bajarilganicha yo‘q.

Uning fikricha, Bayden boshchiligidagi Demokratik partiya inflyatsiyani misli ko‘rilmagan darajada tezlashtirdi, yoqilg‘i narxi keskin oshib ketdi. Demokratlar endi Qo‘shma Shtatlar va vatanparvar amerikaliklarga nisbatan nafratlarini yashirmayaptilar, deya yozadi jurnalist.

«Bayden davrida bu yomon holatlar yanada kuchaydi va butunlay xunuk shakllarga ega bo‘ldi. Ilgari faqat pichirlab aytilgan gaplar ochiq aytila ​​boshlandi», deydi Chumli.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo