Qirolichaning soʻnggi siri: Yelizaveta II ning 2085 yilda ochish mumkin boʻlgan xatida nima yozilgan?

Qirolichaning soʻnggi siri: Yelizaveta II ning 2085 yilda ochish mumkin boʻlgan xatida nima yozilgan?
Foto: Marie Claire
Qirolicha Yelizaveta II 1986 yilda Sidneydagi Qirolicha Viktoriya binosining (QVB) qayta tiklanishi nishonlanganida «kelajakka maktub» yozgan. Britaniya monarxi oʻz murojaatini Avstraliya aholisiga yoʻllagan va keyingi 100 yil davomida uni ochishni taqiqlagan. Xat gumbaz ostidagi tarixiy binoning yopiq joyida saqlanadi. Mish-mishlarga koʻra, hatto Yelizavetaning eng yaqin qarindoshlari va uning shaxsiy xodimlari ham xatda nima yozilganidan bexabar, deb yozadi Marie Claire.

Ammo qoʻlyozmada Sidneyning boʻlajak meri uchun koʻrsatmalar qayd etilgan: «2085 yilda siz tanlagan munosib kunda ushbu konvertni ochib, Sidney fuqarolariga mening xabarimni yetkazishingiz mumkin», — deyiladi marhum qirolichaning vasiyatnomasida.

Qirolicha Viktoriya binosi 1898 yilda arxitektor Jorj MakRey tomonidan Qirolicha Viktoriya hukmronligining olmos yubileyi sharafiga qurilgan. Uzunligi 190 metr boʻlgan ushbu monumental bino Sidneydagi butun kvartalni egallaydi va hozirda bir necha yuz doʻkonga ega zamonaviy savdo markazi ham ochilgan.
Qirolichaning soʻnggi siri: Yelizaveta II ning 2085 yilda ochish mumkin boʻlgan xatida nima yozilgan?
Foto: Marie Claire
Koʻplab tahlilchi va ekspertlar qirolicha maktubining mazmuni haqida bahslashmoqda. Biroq ularning bir narsaga ishonchi komil — xabar juda sentimental va ijobiy mazmunda boʻlishi kerak, chunki Yelizaveta II Avstraliya bilan mustahkam munosabatlarga ega edi. Qirolicha butun umri davomida ushbu mamlakatga muntazam tashrif buyurgan, turli shtatlarga sayohat qilgan va har xil ijtimoiy qatlamlardagi mahalliy aholi bilan uchrashgan. Yelizaveta birinchi marta Sidneyga 1954 yilda, taxtga oʻtirganidan ikki yil oʻtgach tashrif buyurgan va Avstraliya tuprogʻiga qadam qoʻygan birinchi monarx hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, unvoniga koʻra, Yelizaveta II Avstraliyada (va boshqa oʻn toʻrtta mustaqil davlatda) monarx boʻlgan va shuning uchun koʻplab davlat marosimlarida qatnashgan.
Qirolichaning soʻnggi siri: Yelizaveta II ning 2085 yilda ochish mumkin boʻlgan xatida nima yozilgan?
Foto: Marie Claire
Yelizaveta II vafotidan keyin Avstraliya qiroli unvoni Charlz III ga berildi, u ham Sidneyga bir necha marta rasmiy tashrif buyurgan, shu jumladan 1983 yilda malika Diana bilan birgalikda sayohat qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar