2 765
Ukrainadagi urushning 206-kuni: Ozod etilgan Kupyanskdan ilk kadrlar va Donbassda yangi janglar (foto)

Urushning navbatdagi kunidagi asosiy voqea Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Kupyanskning sharqiy qismi ham ozod etilgani bo‘ldi. Bu amaliyot muvaffaqiyati mustahkamlanishi ukrain armiyasiga yurishni Luhansk oblasti chegarasiga qadar davom ettirish imkonini beradi. Xarkiv oblastida oldinroq ozod etilgan hududlarda Rossiya istilosi oqibatlarini tergov qilish jarayoni davom etmoqda. Frontning boshqa uchastkalarida esa tomonlar harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.
Quyida 17 sentabr, urushning 206-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukrainalik harbiylar 47 yoshli Oleksandr Shapovalning dafn marosimida — Ukraina xalq artisti, Milliy opera baleti solisti bo‘lgan Shapalov ko‘ngilli sifatida frontga ketgandi va Donbassning Mayorskiy rayonidagi janglarda halok bo‘ldi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kunning asosiy suratlari. Ukraina harbiylari tomonidan ozod etilgan Kupyanskdan ilk suratlar
So‘nggi haftalarda Xarkiv oblasti markazidan 100 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Kupyansk shahri uchun janglar olib borildi. 17 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nihoyat Kupyanskni ikki qismga ajratib turadigan Oskol daryosi kechib o‘tilgani va sharqiy qirg‘oqda ham mustahkam o‘rnashilgani haqida xabar berdi — Ukraina qo‘shinlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumidan keyin chekingan rossiyalik harbiylar shu yerda platsdarm o‘rnatishgandi. Endilikda agar ukrain armiyasi ta’minotni yo‘lga qo‘yib, yangi qarshi hujum boshlasa, Luhansk oblasti chegaralarigacha yetib borilishi mumkin.
Kupyansk uchun intensiv janglar Balakliya ozod etilgan kuniyoq boshlangandi. Shaharni to‘liq egallashga Oskol daryosi tabiiy to‘siq vazifasini o‘tagani xalal berayotgandi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupyansk uchun janglar vaqtida shahardagi ko‘plab ko‘priklar portlatilgan va jiddiy shikastlangan. Ammo bu Ukraina armiyasi baribir rossiyaliklar mudofaasini yorib o‘tishiga to‘sqinlik qilolmadi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

17 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda Kupyanskning RF harbiylari nazoratida bo‘lib turgan sharqiy qismi ham ozod etilgani aks etgan foto va videodalillar tarqaldi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblastining boshqa ko‘plab hududlari kabi, Kupyanskda ham ko‘plab binolar harbiy harakatlar chog‘ida vayron bo‘lgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupyansk markazi yaqinida snaryadlar kelib tushishi oqibatida shikastlangan avtomobillar.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupyanskning deyarli barcha hududlarida harbiy harakatlar izi qolgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kupyansk va atrofdagi boshqa ozod etilgan aholi manzillarida yashovchi kishilar (fotoda — Shevchenkovo posyolkasida yashovchi oila) endilikda front chizig‘idan nisbatan uzoqlashgan Xarkiv va boshqa shaharlarga ko‘chishi mumkin.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblasti
Xarkiv oblastidagi Izyum shahrida shahar Rossiya armiyasi istilosi ostidagi davr oqibatlarini tekshirish davom ettirilmoqda.

Izyum atrofidagi hududlardan birining harbiy harakatlardan keyingi ko‘rinishi.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Fotoda — rossiyalik harbiylarning Izyumdagi jinoyatlari jabrlanuvchilaridan biri. Ayolnng so‘zlariga ko‘ra, istilo vaqtida uni zo‘rlashgan, shuningdek shahar uchun janglar vaqtida snaryad parchasidan jarohatlangan.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Mahalliy aholi bedarak yo‘qolgan yaqinlarini qidirishni davom ettirmoqda. Fotoda — Volodimir Kolesnik Izyumda rossiyaliklar armiyasi chekingach topilgan ommaviy qabrga ko‘milganlar ro‘yxatidan o‘z qarindoshlarining nomlarini izlamoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Izyumda rossiyaliklar istilosi ramzlari hamon saqlanib qolmoqda, ammo joylarda ularning o‘rnini Ukraina gerblari egallamoqda.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

«82-kun! Uyga qaytishni xohlayman! Yigitlar, Lopan odamni o‘zgartiradi» — RF qurolli kuchlarining noma’lum askari Kazachya Lopandagi transformator budkasida shunday yozuvlar qoldirgan, bu posyolka Ukraina armiyasi tomonidan ozod etildi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Izyum yaqinida halok bo‘lgan rossiyalik harbiy jasadi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk
17 sentabr kuni Donetsk markazi o‘qqa tutildi. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, zarba oqibatida qurbonlar va jabrlanuvchilar bor. TASS ma’lumotiga ko‘ra, Venesuelaning TeleSUR telekanali muxbiri ham jarohat olgan. Ukraina armiyasi snaryadlaridan biri Voroshilov rayoni ma’muriyati binosiga kelib tushgan.

Donetsk markaziga berilgan zarba oqibatlari
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk markaziga berilgan zarba oqibatlari
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk markazi o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lganlardan birining jasadi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Nafaqat Kupyanskda, balki Xarkiv, Luhansk va Donetsk oblastlarida frontning boshqa uchastkalarida ham intensiv harbiy harakatlar davom etmoqda. Ukraina harbiylari bu yo‘nalishlarda 10 kun oldin Balakliyada bo‘lgani kabi o‘nlab kilometrlarga yorib o‘ta olmaydi, bu bosqichda yirik suv to‘siqlari ortida mustahkam o‘rnashgan RF qurolli kuchlarining mudofaasini yengib o‘tish talab etiladi.

Rossiyalik harbiy xizmatchi Donetsk oblastining Avdeyevki shahri yaqinida ukrainlar pozitsiyalariga minomyot zarbasi yo‘llamoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyalik harbiy xizmatchi Donetsk oblastining Avdeyevki shahri yaqinida ukrainlar pozitsiyalariga minomyot zarbasi yo‘llamoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar