
Ozarbayjon armiyasining muhandislik-saper bo‘linmalari davlat chegarasida so‘nggi keng ko‘lamli provokatsiya paytida arman qo‘poruvchilik guruhlari tomonidan minalangan hududlar va ta’minot yo‘llarini tozalamoqda. Bu haqda Trend.az axborot agentligi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
“18 sentyabr kuni minalardan tozalash ishlari natijasida sapyorlar tomonidan 2021 yili Armanistonda ishlab chiqarilgan, Buyuk Ishig‘li tog‘ining shimoli-sharqiy qismidagi daraga yotqizilgan E-001M tipidagi 122 dona piyodalarga qarshi minalar olib chiqildi. Xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda minalar olib tashlandi va zararsizlantirildi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar