2 450
LXR va DXRda Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar 23-27 sentyabr kunlariga belgilandi

Foto: «RBK»
O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasi Xalq kengashi 2022 yil 23-27 sentyabr kunlari mintaqaning Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda LXR parlamenti spikeri Denis Miroshnichenko bayonotiga tayanib, Meduza xabar berdi.
19 sentyabr kuni LXR Jamoat palatasi deb ataluvchi tashkilot respublika hokimiyatiga zudlik bilan referendum o‘tkazish taklifi bilan murojaat qilgandi. 20 sentyabr, seshanba kuni esa LXR Xalq kengashi bir ovozdan referendum to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Qonunni mintaqa mustaqilligini e’lon qilgan respublika rahbari Leonid Pasechnik imzoladi.
LXRdagi ushbu o‘zgarishdan hech qancha vaqt o‘tmay, Donetsk Xalq Respublikasida ham Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish 23-27 sentyabr kunlariga belgilandi.
Undan tashqari, Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi tashabbus guruhlari ham referendum o‘tkazishni taklif qilgan.
Meduza’ning Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin ikki manbasiga ko‘ra, Ukrainaning boshqa Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida ham 23-27 sentyabr kunlari referendum o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar