06:30 / 22.09.2022
1 363

Bayden Rossiyani BMT nizomini buzishda aybladi

Bayden Rossiyani BMT nizomini buzishda aybladi
Foto: Brendan Mcdermid/Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaning harakatlari «BMT nizomini buzish» ekanligini aytdi.

«Rossiya ko‘plab askarlarni janglarda qatnashishga chaqirmoqda va Kreml Ukrainaning bir qismini egallashga urinish uchun soxta referendum tashkil etmoqda – bu BMT nizomining qo‘pol ravishda buzilishi»,— dedi Bayden BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasida qilgan chiqishida.

U shuningdek, Vashington BMT Xavfsizlik kengashi yangi a’zolar hisobiga kengayishi tarafdori ekanligini aytdi.

«BMT uchun zamonaviy dunyo ehtiyojlariga javob bera oladigan yanada inklyuziv tashkilotga aylanish vaqti keldi», — dedi Jo Bayden.

Hozirda Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo