
Rasmiy Kiyev Rossiya bilan mahbuslar almashinuvini e’lon qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayirboshlash doirasida Rossiyaga 50 mahbus, jumladan biznesmen va sobiq muxolifatchi Viktor Medvedchuk topshirilgan.
Tan olinmagan DXR rasmiylariga ko‘ra, ozod etilganlar orasida rossiyalik harbiy uchuvchilar ham bor. Ukrainaga 215 kishi berildi, ular Mariupol shahri qamalida qattiq qarshilik ko‘rsatgan «Azov» tashkiloti qo‘mondonlari Denis Prokopenko va Svyatoslav Palamar bor.
Eslatib o‘tamiz, Medvedchuk aprel oyida qo‘lga olingandi. So‘ngra u Rossiya rahbariyatiga murojaat yo‘llab, o‘zini ukrainalik asirlarga almashtirishni so‘ragandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar