
Foto: Kommersant’
22 sentyabr kuni Finlandiya bilan chegaradagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye» punktlarida bir sutkada chegaradan o‘tgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha rekord qayd etildi.
23 sentyabr kuni Rossiya-Gruziya chegarasida rekord darajadagi mashinalar navbati yuzaga keldi, deb xabar berdi RBK.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23 sentyabr kuni «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti oldida 1715 mashinadan iborat navbat yuzaga keldi. Qayd etilishicha, bu yil boshidan buyon qayd etilgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘z navbatida, Shimoliy Osetiya bo‘yicha IIV respublika hududida Gruziyaga o‘tish uchun 2000dan ortiq mashina navbat kutayotganini ma’lum qildi.
Shimoliy Kavkaz bojxona boshqarmasining ma’lumot berishicha, Rossiyadan «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti orqali chiqib ketishni xohlovchilar soni oxirgi uch kun ichida keskin oshgan.
Bundan tashqari, 22 sentyabr kuni Finlandiya bilan chegaradagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye» punktlarida bir sutkada chegaradan o‘tgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. O‘tgan sutka davomida ular orqali mos ravishda 989 va 890 mashina o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar