15:23 / 25.09.2022
5 238

Rossiya bir kunda to‘rtta samolyotini yo‘qotdi (video)

Rossiya bir kunda to‘rtta samolyotini yo‘qotdi (video)
Foto: Videodan skrinshot
24 sentyabr kuni Rossiya harbiy aviatsiyasida bahordan buyon bir kunlik eng yirik yo‘qotishlar ro‘y berdi (agar quruqlikdagi yo‘qotishlar hisobga olinmasa, masalan, avgust oyida Qrimdagi Novofederovkadagi aerodromda kamida 10 ta samolyot yo‘q qilingandi).

Ham Ukraina nashrlari, ham rossiyaparast kanallarda tarqalgan videolarga ko‘ra, havoda beshta aviatsiya qurilmasi yo‘q qilingan: bitta Su-25 rusumli shturmovik, ikkita Su-34 qiruvchisi, bitta Su-30 qiruvchisi va bitta Ka-52 vertolyoti.

Xarkiv oblastida Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Su-30 qiruvchi samolyoti qulashi aks etgan video tarqaldi.

Kadrlarda ikkita parashyutni ko‘rish mumkin - uchuvchilar muvaffaqiyatli katapulta qilingan. Aniqlik kiritilishicha, samolyot «Stinger» orqali urib tushirilgan.

GeoConfirmed tahlilchilari Su-30 qiruvchisi va Su-25 hujumkor samolyoti Xarkiv oblastining Borovskiy rayonida urib tushirilganini aniqlashgan (49.232297, 37.724656 koordinatalari).


Shuningdek, ukrainlarning harbiy muxbirlari Ka-52 vertolyoti urib tushirilgani aks etgan videoni tarqatishdi.

O‘z hisobotida urib tushirilgan vertolyotni kiritmagan Ukraina davlat maxsus aloqa xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 24 sentyabr kuni jami 4 samolyot urib tushirilgan, 13 tank, 25 zirhli mashina, bitta havo hujumidan mudofaa tizimi, bitta baravar o‘t ochish reaktiv tizimi, 20 ta avtotexnika, 4 ta maxsus texnika, 7 ta artilleriya qurilmalari, 10 ta dron va bitta qanotli raketa yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

Rossiya harbiy aviatsiyasi uchun yomon kun z-pabliklarda ham qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo