22:02 / 25.09.2022
2 004

Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti urushga qarshi rossiyaliklarga murojaat qildi

Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti urushga qarshi rossiyaliklarga murojaat qildi
Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj buryat va Rossiya hududida yashovchi boshqa milliy ozchilikni Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etmaslikka chaqirdi va uning davlatidan boshpana izlashni taklif qildi. Bu haqda u maxsus videomurojaat bilan chiqqan.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “ushbu qonli urush boshlanganidan buyon Rossiyadagi milliy ozchilik eng ko‘p jabrlandi. Buryatlar, tuvaliklar va qalmoqlar eng ko‘p aziyat chekdi. Ular to‘pga shunchaki yem qilib yuborildi. Yuzlab insonlar yaralandi, minglab halok bo‘ldi. Biz mo‘g‘ullar sizni quchoq ochib kutib olamiz”, – degan sobiq prezident.

U, shuningdek, ularni ukrainaliklarga qarshi o‘q uzmaslikka chaqirgan. Elbegdorj Vladimir Putinga ham murojaat qilib, Ukrainani uning ozodligini yo‘q qilmaslikni so‘ragan.

21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Bu bo‘yicha Putin tegishli qaror imzolagan. Qayd etilishicha, safarbarlikka birinchi navbatda harbiy xizmatni o‘tagan va jangovar tajribasi bor fuqarolar jalb qilinadi. Moskva bu orqali 300 ming kishini armiya saflariga chaqirmoqchi.

Ammo huquq himoyachilari qaror juda keng qamrovli ekanini va bu yanada ko‘proq odamni safarbar qilish imkonini berishini ta’kidlagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, qarorning maxfiy punktiga asosan millionga yaqin rossiyalik urushga tortilishi mumkin.

23 sentyabr kuni RF mudofaa vazirligi qator mutaxassislar, xususan, IT-mutaxassislar, aloqa operatorlari, OAV xodimlari safarbarlikka jalb etilmasligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo