22:28 / 25.09.2022
1 338

Zelenskiy o‘z ixtiyori bilan asir tushgan rossiyaliklarga «madaniy munosabat» ko‘rsatilishini va’da qildi

Zelenskiy o‘z ixtiyori bilan asir tushgan rossiyaliklarga «madaniy munosabat» ko‘rsatilishini va’da qildi
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishga qaror qilgan rossiyalik askarlarga Ukraina harbiylari madaniyat bilan va xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda munosabatda bo‘lishini va’da qildi. Bu haqda Zelenskiy an’anaviy videomurojaatida rus tilida aytib o‘tdi.

«Hozir barchangiz uchun muhim palla: hayotingizni hal qilish vaqti keldi. Begona yerda harbiy jinoyatchi sifatida halok bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi chaqiruv qog‘ozini olmang. Mayib-majruh bo‘lib, keyin tajovuzkorlik urushi qatnashchisi sifatida sudda javob bergandan ko‘ra, jinoiy safarbarlikdan qoching. Bizning qurollarimiz zarbasidan halok bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi ukrainlarga asir tushing», degan Ukraina prezidenti.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya hukumati asirga tushish tafsilotlaridan xabar topmasligiga - ya’ni Rossiya rasmiylari kimdir ixtiyoriy taslim bo‘lganini bila olmasligiga hamda birorta rossiyalik o‘z ixtiyoriga qarshi Moskvaga qaytarilmasligiga va’da qilgan.

Zelenskiyning bu chorlovi RF prezidenti Vladimir Putin dezertirlik va buyruqlarga bo‘ysunmaslik uchun jazo kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi farmonini imzolagan kuniga to‘g‘ri keldi - endi yuqoridagi holatlar bo‘yicha ayblovlar uchun 10 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutiladi.

Bu vaqtda Rossiyada Putin tomonidan e’lon qilingan safarbarlikka qarshi namoyishlar davom etmoqda - lekin bu safarbarlik ko‘lamiga mos darajada keng ko‘lamli emas.

Yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Dog‘istondagi namoyishlar - Endirey qishlog‘i va respublika markazi Mahachqal’ada olingan foto va videolar keng tarqaldi.

Rossiyadagi «OVD-Info» huquq tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni mamlakatning turli shaharlarida safarbarlikka qarshi namoyishlarda 800 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo