
Rossiyaning Ust-Ilimsk shahrida mahalliy harbiy komissarni yaralagan rossiyalik Ruslan Zinin o‘z qilmishi sababini tushuntirdi.
Zinin tergovchilarga Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya chog‘ida 19 yoshli eng yaqin do‘sti halok bo‘lgani sababli «voyenkom»ni otishga qaror qilganini tan oldi.
Bundan tashqari, Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingandan so‘ng, uning amakivachchasi, 21 yoshli Vasiliy Gurov chaqiruv qog‘ozini olgan. Avvalroq 25 yoshli Zininning o‘zi ham safarbar qilinishi kerakligi ta’kidlangan edi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Zininga nisbatan jinoiy ish ochdi. U RF Jinoyat kodeksining 317-moddasi («Huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga tajovuz») va 222-moddasi («Noqonuniy qurol saqlash va olib yurish») bilan ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hodisa 26 sentyabr kuni sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar