13:41 / 28.09.2022
4 716

Zelenskiy referendumlar sabab Putinga «ultimatum» qo‘ydi

Zelenskiy referendumlar sabab Putinga «ultimatum» qo‘ydi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukraina hududlarida o‘tkazilgan «referendumlar»ga keskin munosabat bildirdi.

Agar Rossiya Federatsiyasi DXR, LXR hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar natijalarini tan olsa, u Vladimir Putin bilan muzokara stolida o‘tirmaydi.

«Rossiya tomonidan ushbu soxta referendumlarning normal deb qabul qilinishi, hozir Qrim ssenariysining amalga oshirilishi, Ukraina hududini o‘ziga qo‘shib olish bo‘yicha navbatdagi urinish shuni anglatadiki, bizning Rossiya prezidenti bilan gaplashadigan gapimiz yo‘q. Anneksiya (bosib olish) — uni butun insoniyatga qarama-qarshi qilib qo‘yadigan qadamdir», — dedi Zelenskiy.

Rossiya OAVsi ma’lumotlariga ko‘ra, LXR, DXR va Zaporoje viloyatida ovoz berganlarning 90 foizi, Xerson viloyatida esa 87 foizi Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu referendum natijalari dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmasligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo