Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat

Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat
Foto: TASS
Rossiyaliklar qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan buyon Rossiyani tark etishda davom etishmoqda. RTVI safarbarlikdan bo‘yin tovlagan rossiyaliklarni chegaradosh qaysi mamlakatlar o‘z hududiga kiritayotgani, qaysi mamlakatlar ularga boshpana berishga tayyorligi yoki hech bo‘lmaganda, ortiga qaytarib yubormasligi haqida infografika tayyorladi.
Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat
Germaniya va Irlandiya safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarni qabul qilishga tayyor.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Finlyandiya, Polsha va Chexiya vatanini tark etayotgan rossiyaliklar uchun chegaralarini yopdi.

Qozog‘iston va Gruziyaga rossiyaliklar vizasiz, erkin kirishlari mumkin.
Safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga qo‘shni mamlakatlarda munosabat
Shu paytgacha, ya’ni safarbarlik e’lon qilingan 21 sentyabrdan beri 233 603 nafar (raqamlar yanada kattaroq bo‘lishi mumkin) rossiyalik o‘z mamlakatidan chiqib ketdi.

Eng ko‘p rosssiyaliklarni Qozog‘iston qabul qildi — 98 000. Gruziyaga 60 mingdan ortiq, Finlyandiyaga 43 ming, Turkiyaga 31 mingdan ziyod rossiyalik qochib o‘tgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar