09:49 / 29.09.2022
2 251

Rossiya fuqarosi bo‘lmasangiz, xavotir olmang!

Rossiya fuqarosi bo‘lmasangiz, xavotir olmang!
Rossiyadagi ko‘plab migrantlarning telefoniga harbiy chaqiriq xabarlari kelishni boshlagan. Xabarda o‘zlarini go‘yoki harbiy komissariatdan deb tanishtirib, harbiy safarbarlikka tortmoqchi bo‘lishadi va "povestka" rasmini ilova qiladi. Bosh tortganlar jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitilmoqda. Yoki yuz ming rubl to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘chirib berishni taklif qilishadi.

Shu o‘rinda Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlardagi barcha fuqarolar ogoh bo‘lishlari lozim. Har qanday chaqiriqqa yo‘q deb javob bering! Huquqingizni biling. Siz Rossiya fuqarosi bo‘lmasangiz, harbiy safarbarlikka sizni majburlashga hech qanday qonuniy asos yo‘q!

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiyaga nega kelgansan, urushga bor” deb migrantga po‘pisa qilayotgan YHP xodimining videosi tarqagan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo