00:00 / 30.09.2022
1 160

Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi

Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi
Foto: SWNS
Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi, deb yozadi Mirror.

Xabarda aytilishicha, Muzaffarnagar shahrida yashovchi 32 yoshli erkak qornida kuchli og‘riq bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni tekshirib, qorin bo‘shlig‘ida 63 dona qoshiq borligini aniqlashgan.

Erkak zudlik bilan operatsiya qilingan. Operatsiya ikki soat davom etgan.

«Qariyb 35 yillik faoliyatim davomida bunday voqeaga duch kelmagandim», - dedi operatsiyani o‘tkazgan jarroh Rakesh Xuran.

Bemorning qarindoshlari u giyohvandlikdan davolanish uchun shifoxonada yotgan vaqtida qoshiq yutgan deb taxmin qilishmoqda. Shifokorlar uning ruhan nosog‘lom ekanligi to‘g‘risida xulosa berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishdi