1 328
Urushning 218-kuni: Ozod etilgan Kupyanskdan ilk kadrlar, lagerda mashg‘ulot o‘tayotgan rossiyaliklar (foto)

Hafta davomida Ukraina qurolli kuchlari strategik muhim ahaimiyatga ega bo‘lgan shahar tipidagi Kupyansk-Uzlovoy posyolkasini va Oskol daryosi bo‘yidagi aholi yashash manzillarini Rossiyadan qaytarib oldi. Bu daryo ustidan o‘tgan ko‘prik (u orqali harbiy texnikalar o‘tishi ham mumkin edi) hozirda butkul vayron etilgan. Kupyansk tumani markazini ukrain harbiylari avvalroq ozod etgandi, ammo Xarkiv oblastining kichik qismi hamon rossiyaliklar istilosi ostida qolmoqda.
29 sentyabr kuni Rossiya qurolli kuchlari Kramatorskka raketa zarbalari yo‘lladi: Ukraina hukumatiga ko‘ra, kamida 11 kishi yaralangan. Rossiyada safarbarlik davom etmoqda — chaqiruv qog‘ozi olgan rossiyaliklarning bir qismi turli regionlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tamoqda. Ammo safarbar qilingan rossiyaliklarning bir qismi allaqachon frontga olib kelingani haqida ham xabarlar bor.
Quyida 29 sentyabr, urushning 218-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kupyansk ukrain harbiylari tomonidan ozod etilganidan keyin

Oskol ko‘lidan yarim vayrona ko‘prik orqali o‘tib kelgan yigit signal ushlash uchun smartfonini yuqori ko‘tarmoqda. U do‘stlari bilan yaqinda ozod etilgan Kupyansk shahridan evakuatsiya bo‘lgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kupyanskdagi Oskol daryosi yaqinida odamlar ukrain harbiylari tanki oldidan yo‘lni kesib o‘tmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kupyansk atrofida Oskol daryosi bo‘yida ukrain harbiylari tomonidan yakson etilgan rossiyaliklarning jangovar piyodalar mashinasi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kapotida Z yozuvi (Rossiya qurolli kuchlari ramzi) aks etgan avtomobil va uning yonida yotgan odam jasadi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Kupyanskdan evakuatsiya bo‘layotgan ukrainlardan biri rus askari jasadi yonidan o‘tmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina harbiylari Oskol ko‘lidan o‘tuvchi strategik muhim ko‘prik portlagandan keyin. Versiyalardan biriga ko‘ra, ko‘prik Ukraina qurolli kuchlari tomonidan, boshqasiga ko‘ra Rossiya tomonidan portlatilgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Kupyanskdan Oskol ko‘li ustidagi yarim vayrona ko‘prik orqali evakuatsiya qilingan uch opa-singil shirinliklar bilan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv

Erta tongda tumanli havoda itlarini sayr qildirayotgan xarkivlik kishi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining Shevchenko qishlog‘ida Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internet terminali yonida to‘plangan odamlar. Urush boshlanganidan keyin ushbu tizimlar Ukraina hukumati bilan kelishilgan holda mamlakatga faol ravishda olib kelinmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Leningrad oblastida safarbar qilinganlar uchun o‘quv lageri

21 sentyabrdan keyin safarbar qilingan rossiyaliklar Lujsk artilleriya poligonidagi o‘quv lagerida. Foto: Pyotr Kovalev / TASS

21 sentyabrdan keyin safarbar qilingan rossiyaliklar Lujsk artilleriya poligonidagi o‘quv lagerida. Foto: Pyotr Kovalev / TASS

21 sentyabrdan keyin safarbar qilingan rossiyaliklar Lujsk artilleriya poligonidagi o‘quv lagerida. Foto: Pyotr Kovalev / TASS
Kramatorsk o‘qqa tutilishi

Ukraina nazoratidagi Kramatorsk shahrida yashovchilar hovlida ovqat pishirmoqda. Shahar Donbassda yurish qilayotgan rossiyalik harbiylarning asosiy nishonlaridan biri bo‘lib, muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik politsiyachi Kramatorskda rossiyaliklar hujumidan shikastlangan mashina yonidan o‘tmoqda. Shahar hozirda Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Ukraina nazoratidagi Kramatorskda yashovchi kishi vayron bo‘lgan kvartirasini tozalamoqda
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Kramatorskda rossiyaliklar snaryadi kelib tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra yonida turgan mahalliy aholi vakillari.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Ukrainalik politsiyachi Kramatorskka hujumda qanday o‘q-dori qo‘llanganini qayd etish uchun rossiyaliklar snaryadi kelib tushgan joyni o‘rganmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Kramatorskda vayron bo‘lgan bino yaqinidan o‘tayotgan ayol.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar