23:27 / 30.09.2022
1 658

Putin Kiyevni o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

Putin Kiyevni o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi
Foto: «RBK«
Vladimir Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarini anneksiya qilish haqidagi murojaatida Kiyevni «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga» va «muzokaralar stoliga qaytishga» chaqirdi, deya xabar beradi «Meduza».

"Biz Kiyev rejimini zudlik bilan o‘t ochishni, barcha harbiy harakatlarni, 2014 yilda boshlagan urushni to‘xtatishga va muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. Lekin biz Donetsk, Lugansk, Zaporoje, Xersondagi xalqning tanlovini muhokama qilmaymiz. U qabul qilib bo‘lingan. Rossiya unga xiyonat qilmaydi", - dedi Putin.

Putinning so‘zlaridan kelib chiqadiki, Rossiya rasmiylari muzokaralarda «anneksiya qilmoqchi» bo‘lgan bosib olingan hududlar taqdirini muhokama qilmaydi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning bosib olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilishga urinishi muzokara jarayonining tugashini anglatishini aytgan edi. 28 sentyabrda u urushni tugatish Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlar ozod qilingandan keyingina mumkin bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo