23:37 / 30.09.2022
1 219

Rossiya 4 hududni tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi

Rossiya 4 hududni tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi
Vladimir Putin «DXR», «LXR», Xerson hamda Zaporoje viloyatlari rahbarlari bilan bu hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.

Ushbu hududlarni qo‘shib olishga bag‘ishlangan marosimda Putin Kiyevni darhol jangovar harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.

«G‘arb elitasi jahon oziq-ovqat va energetika inqirozidan chiqishning konstruktiv yo‘llarini qidirmasdan, aybni Rossiyaga to‘nkab, yolg‘on to‘qimoqda. Chop etilgan dollar va yevro bilan dunyoda hech kimning qorni to‘ymaydi, oziq-ovqat va energiya kerak», — dedi Putin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo