15:19 / 01.10.2022
1 192

Qozog‘istonda tungi klubda mushtlashgan mast rossiyaliklarni politsiya qo‘lga oldi

Qozog‘istonda tungi klubda mushtlashgan mast rossiyaliklarni politsiya qo‘lga oldi
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Uralskdagi tungi klubda mushtlashgan Rossiya fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Uralskda huquq-tartibot idoralari xodimlari tashqi videokuzatuv kameralarini kuzatayotib, shahardagi tungi klublardan birining yonida erkaklar o‘rtasidagi mushtlashuvni payqashgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya otryadi mast holatda o‘zaro mushtlashgan Rossiya fuqarolarini qo‘lga oldi.

Qoidabuzarlarga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Kichik bezorilik», «Jamoat joylariga mast holatda chiqish» va «Jimlikni buzish» moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

"To‘plangan material Uralsk ixtisoslashtirilgan ma’muriy sudida ko‘rib chiqiladi. Huquqbuzarlarning Qozog‘iston Respublikasi hududida keyingi bo‘lishi masalasi ma’muriy materiallar bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingandan so‘ng hal qilinadi”, — deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo