10:19 / 03.10.2022
1 503

Germaniya: Urush hali haftalar va oylar davom etadi

Germaniya: Urush hali haftalar va oylar davom etadi
Foto: AFP
Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Limanning ozod etilishi Ukraina uchun «katta muvaffaqiyat» ekanini ma’lum qildi.

Rossiya armiyasi «bu tufayli sezilarli darajada zaiflashdi», dedi Germaniya mudofaa vaziri ARD telekanaliga bergan intervyusida.

Biroq Limanning ozod etilishi «hali burilish nuqtasi emas», dedi Kristin Lambrext va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

«Biz, afsuski, bu urush haftalar va oylar davomida davom etishiga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», dedi u.

O‘z navbatida, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayevni idoraga chaqirtirdi.

Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya hukumati shu tariqa Ukrainadagi Rossiya urushining yanada avj olishi va Ukrainaning to‘rt hududi anneksiya qilinishiga munosabat bildirmoqda.

Avvalroq Italiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Sergey Razovni chaqirtirgan edi. Belgiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Niderlandiya rasmiylari ham Rossiya elchilarining Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo