15:20 / 03.10.2022
2 019

So‘nggi ikki kun ichida Rossiyadan kelayotgan migrantlar soni kamaydi

So‘nggi ikki kun ichida Rossiyadan kelayotgan migrantlar soni kamaydi
Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov 21-28 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasidan mamlakat hududiga kelgan migrantlar soni 2-3 barobarga oshganini aytdi.

Hukumat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, faqat so‘nggi ikki kun ichida bu mamlakatdan tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada kamayishni boshlagan.

Hisobot davrida Rossiya Federatsiyasining 382 nafar fuqarosi doimiy yashash uchun, 64 nafar fuqaro Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda kriminogen vaziyat barqaror. Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar qayd etilmagan.

Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligi tomonidan chet el fuqarolarining jamoat xavfsizligi va qonuniyligini ta’minlash nazorati kuchaytirildi, xususan, aholi zich joylashgan joylarda politsiya bo‘linmalari soni ko‘paydi.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Chegara xizmati direktori Yerlan Aldajumanov tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan nazorat-o‘tkazish punktlarida Qozog‘iston fuqarolari, yuk mashinalari va xorijliklar uchun alohida yo‘laklar ajratilganini ma’lum qildi.

«Hozirda Qozog‘iston fuqarolari chegarani kesib o‘tishda hech qanday muammo yo‘q», — dedi u.

Bosh vazirning aytishicha, ayrim nazorat punktlarida hamon uzun navbatlar mavjud.

«Rossiya chegara xizmati bilan hamkorlikni kuchaytirish, ikki tomondan odamlar yig‘ilmasligi uchun yagona algoritm ishlab chiqish zarur. Sababi, bu biznes va odamlarning asosli noroziligiga sabab bo‘lmoqda», — dedi Alixan Smailov.

Shuningdek, u uy-joylarni ijaraga berishda fuqarolarning huquqlarini tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Gap nafaqat migrantlar oqimida, balki fuqarolarimiz ham o‘z huquqlarini bilishi kerak. Egov yoki ommabop ilovalar orqali tomonlarning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatadigan standart ijara shartnomasini raqamli imzolash imkoniyatini yaratish kerak. Bu har ikki tomonning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi», — dedi Alixan Smailov.

Yig‘ilish yakunida Bosh vazir davlat organlari va hokimliklar tomonidan migratsiya holatini tartibga solish bo‘yicha kompleks va samarali choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

«Birinchi navbatda, Qozog‘iston fuqarolari uchun doimiy «yashil yo‘lak»ni ta’minlash, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tmagan migrantlarni aniqlash bo‘yicha mobil monitoring guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarur», — dedi Alixan Smailov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo