19:00 / 05.10.2022
1 440

Ozarbayjon: Armaniston ommaviy qabrlar joylarini bildirishdan bosh tortmoqda

Ozarbayjon: Armaniston ommaviy qabrlar joylarini bildirishdan bosh tortmoqda
Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyev ijtimoiy tarmoqlarda Qorabog‘ hududidan topilgan ozarbayjonlik harbiylarning ommaviy qabri haqida ma’lumot berdi.

"Edilli qishlog‘ida Birinchi Qorabog‘ urushi paytida qiynoqlarga uchragan va o‘ldirilgan ozarbayjonlik harbiy xizmatchilarning ommaviy qabri topildi. Edilli Armaniston tomonidan qamoqxona sifatida foydalanilgan. 4000 ozarbayjon harbiysi va tinch aholi bedarak yo‘qolgan. Armaniston ommaviy qabrlar joylarini oshkor etishdan bosh tortmoqda”, — deb yozdi Hojiyev Twitter’da.

Bir kun avval, 4 oktabr kuni Ozarbayjonning Xo‘javand viloyatida 2020 yil kuzida Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan ommaviy qabr topilgandi.

Qoldiqlar yonidan topilgan kiyim-kechak va buyumlarga qaraganda, qoldiqlar otib tashlangan harbiy xizmatchilarga tegishli ekani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo