1 307
Putin yana Rossiya konstitutsiyasini o‘zgartirdi. Bu safargi o‘zgarish bosib olingan hududlarni «Rossiyaga qabul qilish» uchun

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat konstitutsiyasiga yana bir bor o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi Meduza.
Putin 5 oktabr, chorshanba kuni anneksiya qilingan hududlar — o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari bosib olingan Ukrainaning boshqa qismlarini «Rossiya tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi qonunlar asosida o‘zgartirishlar kiritilgan konstitutsiya matnini nashr etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Undan tashqari, yana bir farmon bilan Putin Rossiya hukumatiga Ukrainaning bosib olingan Zaporoje viloyatida joylashgan Zaporoje atom elektr stansiyasining «yadroviy inshootlarini» federal mulkka qabul qilishni topshirdi. Hujjatga ko‘ra, hukumat «Zaporoje AES» federal davlat unitar korxonasini yaratishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar