1 028
«Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman». Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini aytdi

Foto: «Izvestiya»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, Pragadagi sammitda qatnashgan Erdo‘g‘on, ham Rossiya, ham Ukraina bilan «ochiq muloqot» olib borayotgan yagona yetakchi ekanini ta’kidlagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7 oktabrga Putin va Erdo‘g‘onning telefon suhbati rejalashtirilganini tasdiqladi.
Sentyabr oxirida Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukraina atrofidagi keskinlikni kamaytirish va Ukraina donini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish uchun qadamlar tashlashga chaqirgandi. Shuningdek, Erdo‘g‘on, DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlaridagi referendumlar masalasiga to‘xtalib, Putinga tinchlikka yana bir imkoniyat berishni taklif qilgandi.
Turkiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin ular o‘rtasida ko‘p marta vositachilik qilgan. Xususan, «don kelishuvi» Turkiya ishtirokida tuzilgan bo‘lib, u Ukraina portlaridan don import qilishni boshlash imkoniyatini bergandi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvidan keyin, «Azov» polki komandirlari Turkiyaga yuborilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar