21:35 / 08.10.2022
923

To‘qayev prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

To‘qayev prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi
Foto: Deutsche Welle
Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga javob berishini ma’lum qildi.

«Prezidentlikka nomzod To‘qayev Qosim-Jo‘mart Kemeluli Konstitutsiya va «Saylov to‘g‘risida»gi qonunda ko‘zda tutilgan talablarga javob berishi belgilansin. Nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun zarur miqdorda imzo varaqalari berilsin», - deyiladi MSK qarorida.

MSK yig‘ilishida huquq-tartibot idoralarida ham nomzod bo‘yicha hech qanday e’tiroz yo‘qligi ma’lum qilindi. Qonunga ko‘ra, amaldagi prezident davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon topshirishi shart emas.

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomzodi «Amanat», «Ak Jol» va Qozog‘iston Xalq partiyasi ishtirokida tuzilgan «xalq koalitsiyasi» tomonidan prezident saylovida qatnashish uchun ilgari surilgan edi.

To‘qayev 2019 yilda Qozog‘istonning birinchi prezidenti, mamlakatni 1990 yildan beri boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanidan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan.

2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, To‘qayev Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Unda davlat rahbari faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanishi mumkinligini belgilab qo‘yildi. Ilgari prezident besh yilga saylangan, biroq qayta saylanish huquqiga ega edi.

Shundan so‘ng, To‘qayev noyabr oyida, muddatidan ikki yil oldin navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi