00:04 / 09.10.2022
1 773

Zelenskiy qancha hudud ruslardan ozod qilinganini aytdi

Zelenskiy qancha hudud ruslardan ozod qilinganini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir hafta ichida ukrainalik harbiylar mamlakat sharqida 776 kvadrat kilometr hudud va 29 aholi punktini ozod qilganini aytdi. Bu haqda Ukraina rahbari kecha an’anaviy kechki videomurojaatida aytib o‘tdi.

Birgina shu haftaning o‘zida askarlarimiz davlatimiz sharqida 776 kvadrat kilometr hudud va 29 aholi punkti, jumladan, Lugansk viloyatidagi oltita aholi punkti Rossiyaning psevdoreferendumidan ozod qilindi”.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum operatsiyasi boshlanganidan beri jami bo‘lib Ukrainaning 2434 kvadrat kilometr hududi va 96 aholi punkti rus bosqinidan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy qancha hudud ruslardan ozod qilinganini aytdi