00:06 / 09.10.2022
2 696

Zelenskiy yana bir Rossiyaga qarshi farmonga imzo chekdi

Zelenskiy yana bir Rossiyaga qarshi farmonga imzo chekdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning shimoliy hududlarini Rossiya tomonidan bosib olingan deb tan olish haqidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda davlat rahbari an’anaviy kechki videomurojaatida aytib o‘tgan.

Bugun muhim qaror qabul qilindi. Huquqiy jihatdan benuqson. Ayni paytla tarixiy. Ukraina Yaponiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, jumladan, hozirda Rossiya ishg‘oli ostida bo‘lgan Shimoliy hududlarini hurmat qilishini yana bir bor tasdiqladi”, — dedi u.

Zelenskiy bugun tegishli farmonni imzolaganini ta’kidladi.

Ukraina Oliy Radasining tegishli bayonoti bor. Va biz dunyodagi barchani xuddi shunday qarorlar qabul qilishga chaqiramiz. Rossiyaning bu hududlarda haqqi yo‘q. Buni dunyodagi hamma yaxshi biladi. Va biz nihoyat harakat qilishimiz kerak. Bosqinchilar o‘z qo‘liga olishga urinayotgan barcha yerlarni rus istilosidan ozod qilish kerak. Faqat shu yo‘l bilan biz xalqaro huquqqa to‘liq kuch qaytarishimiz mumkin”, — dedi prezident Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy yana bir Rossiyaga qarshi farmonga imzo chekdi