
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadigan G20 davlatlarining sammitiga kelishga rozi bo‘lgan.
Bu haqda Indoneziyaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Husin Bagis mahalliy «The National» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Ikkalasi ham [kelishga] rozi bo‘ldi», degan diplomat Ukraina —Rossiya urushi tufayli vaziyat oson emasligini ta’kidlab.
Elchining ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlarini qabul qilish uchun moddiy-texnikaviy tayyorgarlik allaqachon qizg‘in davom etmoqda.
«Biz ularni qaysi mehmonxonalarga joylashtirishni hal qilamiz», degan diplomat ularni bir-biriga juda yaqin joylashtirish orqali keskinlikni oldini olish zarurligiga ishora qilib.
Avvalroq, Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari G20 sammitini xavfsiz o‘tkazish uchun 12 ta kemani jalb etgani ma’lum qilingan edi. Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i Yudo Margononing ma’lum qilishicha, kemalar xorijiy harbiy kemalarni sig‘dira oladigan akvatoriyani patrul qilishni ham o‘z zimmasiga oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar