21:51 / 09.10.2022
4 408

Noma’lum shaxs masjid qurilishi uchun katta mablag‘ ehson qildi

Noma’lum shaxs masjid qurilishi uchun katta mablag‘ ehson qildi
Tataristondagi eng yirik masjid – Naberejne Chelnidagi Jome masjidi qurilishi uchun noma’lum odam 30 million rubl xayriya qilgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Rimma Muxametzyanovaning Telegramdagi kanalida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Jome masjidi qurilishini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, uch oy ichida 45 million rubl yig‘ilgan.

Qayd etish joizki, qurilayotgan masjid majmuasi 6,6 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Besh qavatli binoning birinchi qavati katta majlislar zali va ma’muriy idoralarga beriladi. Ikkinchi qavatda 900 kishiga mo‘ljallangan asosiy namozxona bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda erkaklar ibodatini ado etsa, beshinchi qavatda ayollar uchun namozxona joylashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noma’lum shaxs masjid qurilishi uchun katta mablag‘ ehson qildi