12:28 / 10.10.2022
2 143

Rossiya Kiyevga raketa zarbasi berdi

Rossiya Kiyevga raketa zarbasi berdi
Bugun 10 oktabr kuni erta tongda Rossiya qurolli kuchlari Ukraina poytaxti Kiyevga 4 ta raketa zarbasi berdi.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharning Shevchenkovskiy tumanida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgan.

«Poytaxt markazida — Shevchenko tumanida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Barcha xizmatlar voqea joylariga yo‘l oldi», — dedi u va tafsilotlarni keyinroq ma’lum qilishga va’da berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalardan biri Kiyevda Mixail Grushevskiy haykali yoniga qulagan. Bundan tashqari, Odessa viloyati, Belyayevka ustida raketa parvozi qayd etilgan.

Mahalliy aholi havo hujumidan ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo