Germaniya Ukrainaga ilk IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini topshirdi

Germaniya Ukrainaga ilk IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini topshirdi
Ukraina Germaniyadan va'da qilingan toʻrtta IRIS-T SLM havo mudofaa tizimidan birinchisini qabul qilib oldi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, havo hujumidan mudofaa tizimini topshirish Polsha-Ukraina chegarasi yaqinida amalga oshirilgan.

Avvalroq, Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext toʻrtta zamonaviy oʻrta masofaga moʻljallangan IRIS-T havo mudofaa tizimini Ukrainaga yetkazib berishni e'lon qilgan edi.

Ma'lumot uchun, IRIS-T 6 ta davlatda ishlab chiqariladi. Bu raketa kompleksi qisqa masofali havo-havo raketasi boʻlib, sovitilgan infraqizil boshli bosh bilan jihozlangan.Ularning har birining narxi 400 yuz ming yevro.

Eslatib oʻtamiz, 10-11 oktyabr kunlari erta tongda Rossiya qurolli kuchlari Ukraina poytaxti Kievga raketa zarbasi berdi. Ma'lumotlarga koʻra, Rossiya Ukraina shaharlariga 75 ta raketa uchirgan, ulardan 41 tasi havo mudofaasi yordamida zararsizlantirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar