
Foto: Reuters
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Ukraina mojarosini hal qilish shartlarini sanadi. Bu Ukraina suverenitetini himoya qilish, uning mudofaa qobiliyatini ta’minlash, mamlakatni Rossiya mablag‘lari hisobidan tiklash kabilarni o‘z ichiga oladi.
«Biz prezident Vladimir Zelenskiyning quyidagi elementlarni o‘z ichiga olgan adolatli tinchlikka tayyorligini olqishlaymiz: BMT Nizomini qo‘llab-quvvatlash, hududiy yaxlitlik va suverenitetni himoya qilish, Ukrainaning kelajakda o‘zini himoya qilish qobiliyatini ta’minlash, Ukrainani tiklash, xususan buni Rossiya hisobidan amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda rossiyaliklarni urush paytida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish», — deb sanab o‘tdi Jan-Per brifingda.
Shunday qilib, u Vladimir Putin va biznesmen Ilon Mask o‘rtasida ehtimoliy muzokaralar bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq OAV Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik shartlarini Twitter’da yozishdan oldin Rossiya prezidenti bilan muloqot qilgani haqida yozgandi. Biznesmen bu xabarni rad etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar