23:47 / 12.10.2022
1 568

Britaniya mudofaa vaziri: «Putin Rossiyaning super kuch emasligini endigina angladi»

Britaniya mudofaa vaziri: «Putin Rossiyaning super kuch emasligini endigina angladi»
Foto: «Standart»
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Evening Standard nashriga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining noprofessionalligi va strategik noto‘g‘ri hisob-kitoblari tufayli ruslar Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrayotganini aytdi, deb yozadi Meduza.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya rahbariyati o‘zi yaratgan shov-shuvlarga ishonib qolgan. Paradlarda tanklar kolonnalarini kuzatib, o‘zini yengilmas deb hisoblagan».

«Super kuchlar ko‘plab urushlarda mag‘lub bo‘ldi: SSSR Afg‘onistonda, AQSH Vetnamda. Katta davlatlar bir necha bor qo‘shnisidan yoki boshqa davlatdan mag‘lubiyatga uchrashga majbur bo‘lgan. Lekin asosiysi shu. Putin (Rossiya) super davlat emasligini endigina anglab yetdi», — dedi Uolles Rossiyadek super davlat urushda yutqazishi mumkinmi degan savolga javoban.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo