
Illustrativ foto
Italiya aeroportidan havoga ko‘tarilgan Boeing 747 yuk samolyotining bitta g‘ildiragi tushib qoldi. Bu haqda Aviacionline portali yozdi.
Hodisa 2022 yilning 11 oktabr kuni Taranto aeroportida sodir bo‘lgan. Atlas Air aviakompaniyasiga qarashli havo kemasi AQSHga, Janubiy Karolina shtatining Charlston shahriga uchgan. Yuk samolyoti o‘z bortiga Boeing 787 samolyotlari uchun ehtiyot qismlarni olib parvoz qilgandi.
Shassisidagi bitta g‘ildiragini yo‘qotib qo‘yishiga qaramay, samolyot parvozda davom etgan va Charlstondagi aeroportga eson-omon qo‘ngan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar