
Ukrainani Qrimni kuch bilan egallab olishga undayotgan Yevropa davlatlari voqelikdan yiroqda, deb yozmoqda Fransiyaning “Figaro” gazetasi sharhlovchisi Reno Jirar.
Uning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining hujum qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
“Chunki yarim orol aholisi o‘zini rus deb his qiladi va o‘zini himoya qiladi. Qrimga qilingan hujum esa butun Rossiya aholisining noroziligiga sabab bo‘ladi”, - deb hisoblaydi Jirar.
Iyun oyi o‘rtalarida Vladimir Zelenskiyning Qrim bo‘yicha vakili Tamila Tasheva Kiyev rejimi yarim orolni harbiy yo‘l bilan o‘z nazoratiga qaytarishga harakat qilishini aytgan edi. Qrim rahbari Sergey Aksyonov esa bu mavzuni muhokama qilishga hojat yo‘qligini aytgan.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar