date
views 1 914

Oq uyning yangi startegiyasi: AQSHning maqsadi — Rossiyani tiyish, Xitoy bilan raqobatlashish

Oq uyning yangi startegiyasi: AQSHning maqsadi — Rossiyani tiyish, Xitoy bilan raqobatlashish
Kollaj: Newinform.com
Oq uy AQSHning yangi milliy xavfsizlik strategiyasini e’lon qildi.

Unda Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshiliklar haqida, jumladan, shunday deyilgan:
  • Xitoy va Rossiya hamkorligi tobora mustahkamlanmoqda, biroq bu ikki mamlakat AQSH manfaatlariga turlicha tahdid uyg‘otadi.
  • Rossiya — AQSH va «erkin xalqaro tizim» uchun o‘tkirroq va «shoshilinchroq» tahdid, biroq dunyo tartibi tamoyillarini o‘zgartirish uchun chinakam iqtisodiy, texnologik va diplomatik imkoniyatlarga faqat Xitoy esa. «XXR — xalqaro tartibni o‘zgartirish hamda bu maqsadga erishish uchun iqtisodiy, diplomatik, harbiy va texnologik qudratga ega yagona raqib (AQSH uchun)», deyiladi yangi strategiyada.
  • AQSHning Rossiyaga nisbatan siyosati «tiyib turish» xususiyatiga ega, Xitoyni esa to‘laqonli raqobatchi hisoblaydi.
  • Xitoyni yengish va innovatsiyalar poygasida yutqazmaslik uchun AQSH o‘z iqtisodiyotini kuchaytirish, butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilari bilan aloqalarini saqlab qolishga urg‘u beradi.
  • Rossiya bilan nizo mohiyati shundaki, Moskva harbiy kuch bilan boshqa davlat chegaralarini o‘zgartirib, o‘z hududini kengaytirishga urindi, bu esa xalqaro huquqqa ziddir.
  • AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga Ukrainadagi nizoda «strategik mag‘lubiyat»ga uchrashi uchun diplomatik va iqtisodiy bosim o‘tkazishni kuchaytiradi. Amerika Moskva bilan hamkorlik imkoniyatlarini topishga urinib ko‘rdi, biroq u dialogni rad etdi.
  • Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning oddiy qurol-aslahalari salohiyati pasayayotganini, shu bois Moskva «harbiy rejalashtirishda yadro quroli»ga ko‘proq suyanishini anglaydi.
  • AQSH — immigrantlar mamlakati, shu bois irqchilikning istalgan ko‘rinishini qoralaydi, shuning barobarida, Rossiya va Xitoy xalqlarining fan va madaniyatga qo‘shgan hissasini hurmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uyning yangi startegiyasi: AQSHning maqsadi — Rossiyani tiyish, Xitoy bilan raqobatlashish