13:01 / 14.10.2022
1 132

Ostonada MDH Davlat rahbarlari Kengashi majlisi boshlandi

Ostonada MDH Davlat rahbarlari Kengashi majlisi boshlandi
Ostonada MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Uchrashuv tor doirada o‘tmoqda, unda faqat prezidentlar ishtirok etadi. Tadbir boshlanishidan avval davlatlar rahbarlari suratga olish marosimida ishtirok etishdi.

Majlis boshida Toqayev Turkmaniston prezidenti Berdimuxamedovni ushbu sammitda ilk bor ishtirok etayotgani bilan qutlab uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Shuningdek Toqayev MDH davlat rahbarlari sammiti kun tartibiga qiritilgan asosiy maslalalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Ular asosan gumanitar hamda xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni o‘z ichiga olgan.

Toqayev alohida e’tibor qaratgan masalalardan biri - bu suv ta’minoti xavfsizligi masalalari bo‘ldi.

"Hamdo‘stlik mamlakatlarida suv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish vaqti keldi. Shu bois MDH Ijroiya qo‘mitasiga transchegaraviy suv resurslaridan samarali va o‘zaro foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etishni taklif qilgan bo‘lardim”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, tadbir Ostonadagi Kongress markazida o‘tkazilmoqda. Tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng kengaytirilgan tarkibda boshlanadi, delegatsiyalar prezidentlar safiga qo‘shiladi.

MDH sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari MDHda 2023 yilda “Rus tili - millatlararo muloqot tili" yilini o‘tkazish bo‘yicha Harakatlar rejasi loyihasini ma’qullashlari kutilmoqda.

Shuningdek, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqish taklif etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo