06:00 / 17.10.2022
1 490

OAV: Eron Rossiyaga ballistik raketalar va dronlarning yangi partiyasini yetkazib beradi

OAV: Eron Rossiyaga ballistik raketalar va dronlarning yangi partiyasini yetkazib beradi
Foto: Iranian military/AP
Eron Rossiyaga kichik masofaga harakatlanuvchi ballistik raketalar va uchuvchisiz uchar qurilmalar yetkazib beradi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Gap «Fateh-110» va «Zulfiqor» raketalari haqida ketmoqda, ularning uchish masofasi mos ravishda 300 va 700 kilometrni tashkil etadi.

Shuningdek, Eron, nashr ma’lumotiga ko‘ra o‘nlab «Muhajer-6» va «ko‘p miqdorda» «Shahed-136» kamikadze dronlarini yetkazib berishni rejalashtirgan. Dronlarning bu ikki turidan ham rossiyalik harbiylar allaqachon Ukrainaga qarshi foydalanmoqda.

Avvalroq Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti, shuningdek Ukraina va Rossiya telegram-kanallari RFga eronliklarning «Arash-2» dronlari yetkazib berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, bu «Shahed» turkumidagi qurollardan ko‘ra tezkorroq va vayronkorroq sanaladi. The Washington Post maqolasida bu apparatlar tilga olinmagan.

Eron rasman Rossiyaga Ukrainadagi urushda foydalanish uchun qurol yetkazib berishini tan olmaydi. Kreml ham bu haqdagi xabarlarni rad etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo