06:00 / 18.10.2022
3 325

Rossiya Isroilni “og‘ir oqibatlar”dan ogohlantirdi

Rossiya Isroilni “og‘ir oqibatlar”dan ogohlantirdi
Isroilning Ukrainaga qurol yetkazib berish qarori beparvolik bilan qabul qilingan ko‘rinadi. Bu fikrni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev telegram kanalida yozib qoldirdi.

Uning fikricha, Tel-Avivning bunday qarori “jiddiy oqibatlarga” olib kelishi mumkin.

"Rossiya Federatsiyasi va Isroil o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlar barbod bo‘lishi mumkin", - deya ogohlantirdi Medvedev.

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari har qanday qurol yetkazib berish Ukrainadagi “natsistlar”ni qo‘llab-quvvatlash ekanini iddao qildi.

Agar ular qurol-yarog‘ bilan ta’minlansa, Isroil Bandera va Shuxevichni o‘z qahramonlari deb e’lon qilish vaqti keldi”, — deb yozgan Medvedev.

Bir kun avval Isroil vaziri Naxman Shay Vazirlar Mahkamasiga Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni boshlashni taklif qilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo