
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga O‘zbekistondan 50 ta yangi SAZ-HC40 shahar avtobuslari yetkazib berildi. Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida xarid qilingan. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.
«Bu avtobuslar kam yonilg‘i sarfi, oddiy texnik ko‘rsatkichlari va hamyonbop narxi (37 ming dollar) tufayli shahar sharoitiga juda mos keladi. Ular eng muhtoj mahallalarda 4 ta yangi liniyada harakatlanadi», – deya ma’lum qilgan O‘sh shahri meri Almaz Mambetov.
Ma’lumot uchun, mazkur avtobuslar Samarqanddagi avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, har bir avtobus 16 o‘rindiqqa ega va 38 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar