20:12 / 19.10.2022
1 536

Ukraina «Dronlar armiyasi»dan 180 ta qurilmani frontga jo‘natdi

Ukraina «Dronlar armiyasi»dan 180 ta qurilmani frontga jo‘natdi
Foto: EFE
Ukrainalik harbiylar «Dronlar armiyasi» va United24 uchun mablag‘ yig‘ish tashabbuslari doirasida xarid qilingan yana 179 ta uchuvchisiz uchoqni frontga jo‘natdi.

Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 146 ta Mavic 3 dronlari va 33 ta Matrice RTK 300 qurilmalari butun front chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu uchuvchisiz uchoqlar Xerson, Donetsk, Xarkiv, Luhansk, Zaporijjya yo‘nalishlarida, shuningdek, mamlakat shimolidagi chegara hududlarida tarqatiladi.

Bundan oldin Eron Rossiyaga yer-yer sinfidagi raketalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarining qo‘shimcha partiyasini yetkazib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda ikki nafar Eron rasmiysi va ikki nafar eronlik diplomatga iqtibos keltirgan holda Reuters agentligi xabar berdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 oktabr kuni kechki videomurojaatida 12 soat ichida, 16 oktabr soat 21:00 dan Eronda ishlab chiqarilgan 37 ta Shahed'lar va bir qancha qanotli raketalar yo‘q qilinganini bildirdi.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per, o‘z navbatida, brifingda Rossiya tomonidan Ukrainadagi harbiy va fuqarolik nishonlariga nisbatan zarba berishda Eron qurollaridan foydalanganiga oid «to‘liq dalillar» borligini aytdi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya-Eron qurol savdosiga qarshi sanksiyalarni «qat’iy» amalga oshirishda davom etadi, deya ma’lum qildi Oq uy.

17 oktabr kuni ertalab Kiyev markaziga Rossiya uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi. Shevchenko tumanida beshta portlash sodir bo‘ldi, shaharga 28 ta dron hujum qildi, ularning aksariyati avtomatik qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi, dedi shahar meri Vitaliy Klichko.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo