01:23 / 21.10.2022
4 169

Ukraina AQSH siyosatchisi bayonotidan so‘ng “shokka tushdi”

Ukraina AQSH siyosatchisi bayonotidan so‘ng “shokka tushdi”
AQSHda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardan so‘ng Kiyevga harbiy yordam qisqarishi mumkin. AQSH Kongressining respublikachilardan vakili Kevin Makkartining ushbu so‘zlaridan Ukraina amaldorlari hayratda qolishdi, deb yozmoqda "Financial Times" gazetasi.

- Rostini aytsam, biz janob Makkartining izohlarini eshitib “shokka tushdik”, - deya Ukraina prezidenti partiyasi rahbari David Araximiyaning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u bunday bayonotdan hayratga tushgan, chunki yaqinda Vashingtonga tashrifi chog‘ida Kevin Makkarti bilan uchrashgan va mamlakatning Kiyevga yordam berishni davom etishiga ishonchi komil bo‘lgan.

Ukraina Tashki ishlar vazirligi vakili Oleg Nikolenko “mamlakat AQSH tomonidan doimiy har ikkala partiya qo‘llab-quvvatlashdan umidvor” ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Makkarti agar oralik saylovlarda uning partiyadoshlari- respublikachilar g‘alaba qozonsa, mamlakatning Kiyevga harbiy yordami qisqarishini, chunki respublikachilar cheksiz yordam ajrata olmasliklari haqida gapirgan edi.

Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainada denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida harbiy operatsiya olib bormoqda. Buning fonida AQSH va uning NATo bo‘yicha ittifoqdoshlari Kiyev rejimini o‘nlab milliard dollarlik qurollar bilan ta’minlamoqda. O‘z navbatida Moskva G‘arbning Kiyev rejimini qurollar bilan t’aminlashi nafaqat mojaroning uzoq davom etishi, balki qurollar ortilgan transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marotaba ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo