12:29 / 23.02.2015
6 588

JARda er ostida qolib ketgan barcha konchilar qutqarildi

JARda er ostida qolib ketgan barcha konchilar qutqarildi

Janubiy Afrika Respublikasida oltin konida yong‘in chiqqani oqibatida er ostida 2 km dan ortiqroq chuqurlikda qolib ketgan barcha konchilar qutqarildi.

Ushbu konga egalik qiluvchi “Harmonu Gold” kompaniyasi vakilining ta’kidlashicha, barcha 486 konchi er ustiga olib chiqilgan. Vakil 22 fevral kuni ertalab chiqqan yong‘inning sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Taxmin qilinishicha, yong‘in ta’mirlash ishlari davomida boshlangan.

O‘tgan yili aynan shu kon unda konga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan noqonuniy tarzda ishlovchi ishchilar aniqlangandan keyin ikki haftaga yopib qo‘yilgan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda er ostida qolib ketgan barcha konchilar qutqarildi