10:17 / 21.10.2022
3 789

Zelenskiy Qrim ko‘prigidagi portlash haqida kutilmagan gapni aytdi

Zelenskiy Qrim ko‘prigidagi portlash haqida kutilmagan gapni aytdi
Vladimir Zelenskiy Kanadaning CTV News telekanaliga bergan intervyusida Qrim ko‘prigida sodir etilgan portlash haqida ilk bor fikr bildirdi.

«Portlashga Kiyevning aloqasi yo‘q. Biz buni aniq buyurtma qilmaganmiz», dedi u.

Ukraina yetakchisi ushbu portlash Rossiya qurolli kuchlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi ichki kurash oqibati bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

«Ularda (Rossiya nazarda tutilmoqda - tah.) harbiylar, maxsus xizmatlar, razvedka o‘rtasida jiddiy ichki kelishmovchiliklar mavjud. Bu katta tizim. Sovet Ittifoqida bu KGB edi. Bugungi kunda bu tizim bir nechta tarmoqlardan iborat bo‘lib, ularning qaysi biri asosiy ekanligini doimiy ravishda hal qilishga urinishadi» — dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun tongda, Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz bergani aytilgan, keyinroq esa yong‘inga yuk mashinasining portlashi sabab bo‘lgani aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo